O‘zbekiston kubogi. \"Paxtakor\" \"Nasaf\"ni turnirdan chiqarib yubordi
Photo: Pakhtakor PFC
O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" bellashuvi yakuniga yetdi.
"JAR"da o‘tgan bahsda maydon egalari ishonchli hisobda mehmonlarni mag‘lubiyatga uchratdi – 6:3. “Paxtakor” safida Igor Sergeev xet-trikka erishdi.
Natijada “Nasaf” O‘zbekiston kubogini tark etdi. “Paxtakor” esa keyingi bosqichga yo‘l oldi.
O‘zbekiston kubogi. 3-tur
“Paxtakor” 6:3 “Nasaf”
Gollar: Ibrohim Ibragimov 3', Igor Sergeev 14', 61', 85', Dilshod Abdullaev 36', Brayan Riaskos 81' – Stefan Cholovich 28', Akmal Mozgovoy 32', Husayn Norchayev 54'.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist