locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Olimpik MobiUz” “Jayxun”ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Olimpik MobiUz” “Jayxun”ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahsda “Olimpik MobiUz” o'z maydonida “Jayxun”ni qabul qildi va yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 5-daqiqada Nurlan Ibraimov tomonidan ochildi (1:0). 71-daqiqada Muhammadali Reyimov farqni ikkitaga yetkazdi.

75-daqiqada Reyimovning o'zi dublni rasmiylashtirdi (3:0). 82-daqiqada G'iyosjon Rizaqulov penaltini aniq amalga oshirdi (4:0). 85-daqiqada esa Begis Kuanishbayev jamoasining yagona javob to'piga mualliflik qildi (4:1).

Shu tariqa, “Olimpik MobiUz” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “H” guruhi, 3-tur

“Olimpik MobiUz” 4:1 “Jayxun”

Gollar: Nurlan Ibraimov 5' (1:0), Muhammadali Reyimov 71' (2:0), Muhammadali Reyimov 75' (3:0), G’iyosjon Rizaqulov 82' pen (4:0), Begis Kuanishbayev 85' (4:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting