locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “O'lim guruhi”ning so'nggi ishtirokchisi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “O'lim guruhi”ning so'nggi ishtirokchisi aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda “Qoraqalpog'iston FA” va “Navoiy FA” o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvda hisob 70-daqiqada Muhammad Odilov tomonidan ochildi (0:1). Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Rahmatullo Egamberdiyev javob to'pini kiritdi (1:1).

Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Lotoreyada esa omad navoiyliklarga kulib boqdi “H” guruhining so'nggi ishtirokchisiga aylandi.

Ma'lumot uchun, ushbu guruhdan “Paxtakor”, OKMK va “Nasaf” ham o'rin olgan.

O'zbekiston Kubogi | Saralash bosqichi

“Qoraqalpog'iston FA” 1:1 (pen. 2:3) “Navoiy FA”

Gollar: Muhammad Odilov 70' (0:1), Rahmatullo Egamberdiyev 90+3' (1:1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting