locale OZ

O'zbekiston Kubogi. OKMK dahshatli kambek evaziga “Nasaf”ni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. OKMK dahshatli kambek evaziga “Nasaf”ni mag'lub etdi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda OKMK va “Nasaf” o'zaro bahs olib bordi va yakunda olmaliqliklar dahshatli kambek evaziga g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 9-daqiqada Dragan Cheran tomonidan ochildi (0:1). 36-daqiqada esa sloveniyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi (0:2).

Ikkinchi bo'limda OKMK uchta gol urib, g'alabani ilib ketdi. Dastlab, Ali Abdurahmonov 48-daqiqada hisobni qisqartirgan bo'lsa (1:2), Ruben Sanchez 77-daqiqada muvozanatni tikladi (2:2).

Uchrashuv yakunlanishiga besh daqiqa qolganida Ali Abdurahmonov jamoasining g'alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, OKMK ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 3 taga yetkazib oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

OKMK 3:2 “Nasaf”

Gollar: Dragan Cheran 9' (0:1), Dragan Cheran 36' (0:2), Ali Abdurahmonov 48' (1:2), Ruben Sanchez 77' (2:2), Ali Abdurahmonov 86' (3:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting