O'zbekiston kubogi. Navbahor Qoraqalpog‘iston FA jamoasi darvozasiga javobsiz to'qqizta gol urdi
O‘zbekiston kubogi F guruhi 1-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — Qoraqalpog‘iston FA bahsi yakunlandi. Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida o‘tgan uchrashuvda namanganliklar yirik 9:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Adilbek Otebayev (avtogol), Aleks Fernandes (dubl), Katulondi Kati, Dilshodjon Komilov, Habibullo Japaraliyev, Abbos G‘ulomov (dubl) va Vanya Ilich mualliflik qildi.
Shu tariqa F guruhida dastlabki tur bahslari yakunlandi. Avvalroq «Xorazm» FarDUni mag‘lub etgandi. To‘plar nisbatiga ko‘ra «Navbahor» guruh peshqadamiga aylandi, «Xorazm» esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
2-tur uchrashuvlari 18 may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «Xorazm» — «Navbahor» hamda Qoraqalpog‘iston FA — FarDU bahslari tashkil etiladi.
O‘zbekiston kubogi
F guruhi. 1-tur
Navbahor — Qoraqalpog‘iston FA 9:0
Gollar: Adilbek Otebayev 23-avtogol (1:0), Aleks Fernandes 32 (2:0), Katulondi Kati 33 (3:0), Dilshodjon Komilov 40 (4:0), Aleks Fernandes 68 (5:0), Habibullo Japaraliyev 74 (6:0), Abbos G‘ulomov 79 (7:0), Abbos G‘ulomov 87 (8:0), Vanya Ilich 90 (9:0).
Navbahor: Valijon Rahimov, Saidazamat Mirsaidov, Dilshodjon Komilov, Diyor Xolmatov, Shohmalik Komilov, Isoxon Musoxonov, Katulondi Kati, Anri Chichinadze, Abbosjon G‘ulomov, Muhammadali Usmonov, Aleks Fernandes.
Qoraqalpog‘iston FA: Ali Puxarbayev, Oljabek Muratov, Saulatbek Reymov, Dilshod Mahmudov, Amirbek Otemisov, Adhambek Bekchanov, Adilbek Otebayev, Quvatbay Xudoyberdiyev, Doniyor Saidmurodov, Amir Zayirov, Samandar Koklenov.