O'zbekiston Kubogi. “Navbahor” “FarDU” ustidan g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahsda “Navbahor" o'z maydonida “FarDU”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab, hisob 65-daqiqada Zabihillo O'rinboyev tomonidan ochildi (1:0). 79-daqiqada esa Ruslanbek Jiyanov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).
83-daqiqada esa Alisher Odilov ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi (3:0). 90+3-daqiqada esa Sherzod Qodirov “FarDU”ning yagona javob to'piga mualliflik qildi.
Shu tariqa, namanganliklar ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 7 taga yetkazib olib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
O'zbekiston Kubogi | “E” guruhi, 3-tur
“Navbahor” 3:1 “FarDU”
Gollar: Zabihillo O'rinboyev 65' (1:0), Ruslanbek Jiyanov 79' (2:0), Alisher Odilov 83' (3:0), Sherzod Qodirov 90+3' (3:1).