locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Nasaf” guruh bosqichini yirik g'alaba bilan boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Nasaf” guruh bosqichini yirik g'alaba bilan boshladi
FОТО: FC Nasaf

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan bahsda Qarshining “Nasaf” klubi o'z maydonida “Navoiy FA”ni qabul qildi va yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 2-daqiqadayoq Diyorbek Asomiddinov tomonidan ochildi (1:0). 52-daqiqada Suhrob Nurulloyev farqni ikkitaga yetkazdi (2:0). Oradan uch daqiqa o'tib Davronbek Usmonov jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi (3:0).

77-daqiqada Dragan Cheran hisobni 4:0 ko'rinishiga olib keldi. 87-daqiqada Sherzod Raufov navoiyliklarning yagona javob to'piga mualliflik qildi. 90+3-daqiqada esa Akmal Mozgovoy hisobni 5:1 ko'rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, “Nasaf” guruh bosqichini muvaffaqiyatli boshlab, uch ochkoni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“Nasaf” 5:1 “Navoiy FA”

Gollar: Diyorbek Asomiddinov 2' (1:0), Suhrob Nurulloyev 52' (2:0), Davronbek Usmonov 55' (3:0), Dragan Cheran 77' (4:0), Sherzod Raufov 87' (4:1), Akmal Mozgovoy 90+3' (5:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting