locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Mash'al” “Olimpik”ni yengib, keyingi bosqichga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Mash'al” “Olimpik”ni yengib, keyingi bosqichga yo'l oldi
FОТО: FC Mash'al

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahsda “Mash'al” va “Olimpik” o'zaro to'qnash keldi va yakunda muborakliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 33-daqiqada Ilya Yelichich tomonidan ochildi (0:1). Ikkinchi bo'limda esa Dilshod Rahmatullayev 63 va 69-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi (2:1).

Shu tariqa, “Mash'al” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 7 taga yetkazib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “D” guruhi, 3-tur

“Mash'al” 2:1 “Olimpik”

Gollar: Ilya Yelichich 33' (0:1), Dilshod Rahmatullayev 63' (1:1), Dilshod Rahmatullayev 69' (2:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting