locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” safarda “Bunyodkor”ni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” safarda “Bunyodkor”ni mag'lub etdi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” va “Lokomotiv” o'zaro to'qnash keldi va yakunda mehmonlar minimal hisobda g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada Abdulloh Yo'ldoshev tomonidan kiritildi (0:1).

Shu tariqa, “Lokomotiv” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 6 taga yetkazib oldi. Garchi “Bunyodkor” bilan bir xil ochko to'plagan bo'lsa-da, “temiryo'lchilar” o'z yurishini guruh bosqichida yakunladi.

Aksincha, “Bunyodkor” mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi | “G” guruhi, 3-tur

“Bunyodkor” 0:1 “Lokomotiv”

Gol: Abdulloh Yo'ldoshev 71' (0:1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting