locale OZ

O'zbekiston Kubogi. Guruh bosqichining so'nggi ishtirokchisi penaltilar seriyasida aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. Guruh bosqichining so'nggi ishtirokchisi penaltilar seriyasida aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan so'nggi bahsda “Do'stlik” va “Lochin” o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvda hisob 10-daqiqada Saidmurod Karimov tomonidan ochildi (1:0). 40-daqiqada esa Davronbek Sulaymonov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0).

Ikkinchi bo'lim nisbatan “Lochin”ning ustunligi bilan boshlandi va bu 59-daqiqada o'z samarasini berdi. Asliddin Tursunpo'latov jamoasining joniga oro kirdi (2:1). 90+4-daqiqada esa Shaxzod Abduvaitov hisobni 2:2 ko'rinishiga olib keldi.

Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qildi va o'ziga xos lotoreyada omad lochinlarga kulib boqdi va jamoa “B” guruhining so'nggi ishtirokchisiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | Saralash bosqichi

“Do'stlik” 2:2 “Lochin” (pen. 0:3)

Gollar: Saidmurod Karimov 10' (1:0), Davronbek Sulaymonov 40' (2:0), Asliddin Tursunpo'latov 59' (2:1), Shaxzod Abduvaitov 90+4' (2:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting