Oʻzbekiston kubogi finalidagi bahsli vaziyatlar tahlil qilindi
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Oʻzbekiston kubogi final uchrashuvida hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar muhokama qilindi.
Dastlab Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi rahbari vazifasini bajaruvchi Maʼmur Saidqosimov soʻzga chiqib, final bahsida kuzatilgan bahsli vaziyatlar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. Uchrashuv davomida hakamlarning har bir qarori batafsil tahlil qilinganini taʼkidladi.
Shundan soʻng hakamlar tomonidan barcha epizodlar boʻyicha ekspertlarning fikrlari bayon etildi.
Tadbir davomida final uchrashuvidagi barcha bahsli vaziyatlar birma-bir koʻrib chiqildi va jurnalistlar savollariga javob berildi. Shuningdek, final uchrashuvida ishlagan hakamlar oʻz qarorlari yuzasidan izoh berib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdilar.
Uchrashuv yakunida bu kabi tahliliy uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib borish muhimligi qayd etildi.