locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “FarDU” o'z maydonida “Oqtepa”ni mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “FarDU” o'z maydonida “Oqtepa”ni mag'lub etdi
FОТО: FarDU

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan “FarDU” va “Oqtepa” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda farg'onaliklar yirik 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 1-daqiqada Sanjarbek Zokirov tomonidan ochildi (1:0). 32-daqiqada esa Zokirov dublni rasmiylashtirdi (2:0). 54-daqiqada Bahodir Abduvaliyev hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.

71-daqiqada Azizxon Baxtiyorov “Oqtepa”ning yagona javob to'piga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “FarDU” Kubok bahslarini g'alaba bilan boshladi va uch ochko egasiga aylandi.

O'zbekiston Kubogi | 1-tur

“FarDU” 3:1 “Oqtepa”

Gollar: Sanjarbek Zokirov, 1' (1:0), Sanjarbek Zokirov, 32' (2:0), Bahodir Abduvaliyev, 54' (3:0), Azizxon Baxtiyorov, 71' (3:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting