locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “F” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “F” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan “Andijon FA” va “Kattaqo'rg'on” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 23-daqiqada Sardor Fozilov tomonidan ochildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Muhammadali Abdusalomov ustunlikni mustahkamladi. 81-daqiqada esa Patiddin Zuxriddinov hisobdagi farqni yirik ko'rinishga keltirdi.

Shu tariqa, “Andijon FA” ushbu g'alabadan so'ng O'zbekiston Kubogi “F” guruhining so'nggi ishtirokchisiga aylandi. Ushbu guruhda vodiyliklarga “Qo'qon-1912”, “Zomin” va “Qizilqum” raqiblik qiladi.

O'zbekiston Kubogi | Saralash bosqichi

“Andijon FA” 3:0 “Kattaqo'rg'on”

Gollar: Sardor Fozilov 23' (1:0), Muhammadali Abdusalomov 74' (2:0), Patiddin Zuxriddinov 81' (3:0).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting