O‘zbekiston kubogi. E guruhining so‘nggi tur o‘yinlari sanasida o‘zgarish yuz berdi
Bellashuvlar 24-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Фото: UzPFL
Musobaqaning E guruhi 3-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — QMU Jayxun hamda TerDU — “Qizilqum” uchrashuvlari avvaldan belgilanganidek 23-may sanasida emas, balki 24-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Xabaringiz bor, 22-may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 safari oldidan «Bunyodkor» stadionida nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Shundan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etilgan ikki uchrashuv sanasida o‘zgarish kuzatiladi.
Ma’lumot uchun, TerDU — «Qizilqum» o‘yini «Surxon arena» va unga tutash hududdagi futbol maydoni parvarishidan kelib chiqqan holda, Navoiy shahrida bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist