O'zbekiston Kubogi. “D” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi
O'zbekiston Kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan “Qiziriq” - “Ishtixon” bahsi bo'lib o'tdi.
Dastlab hisob 45+1-daqiqada Shamsiddin Sag'dullayev tomonidan ochildi (0:1). Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda, ya'ni 90+5-daqiqada Muhriddin Shamsiddinov o'rtadagi muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qildi va o'ziga xos lotoreyada omad “Ishtixon”ga kulib boqdi va jamoa “D” guruhining so'nggi ishtirokchisiga aylandi.
Ma'lumot uchun, ushbu guruhdan, shuningdek, “Mash'al”, “Sho'rtan” va “Olimpik” ham o'rin olgan.
O'zbekiston Kubogi | Saralash bosqichi
“Qiziriq” 1:1 (pen. 4:5) “Ishtixon”
Gollar: Shamsiddin Sag'dullayev 45+1' (0:1), Muhriddin Shamsiddinov 90+5' (1:1)
Chetlatish: Akbar Siddiqov 38' (“Ishtixon”)