locale OZ

O‘zbekiston kubogi. \"Bunyodkor\" penaltilar seriyasida \"Qo‘qon-1912\"ni mag‘lub etdi

Toshkentliklar ham chorak finalga yo‘l oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" penaltilar seriyasida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi
Photo: Qo'qon 1912

O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

Dastlab, hisob 45+2-daqiqada Javohir Husonov tomonidan ochildi. 49-daqiqada Nosirjon Abdusalomov hisobni tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham gol urish hech bir jamoaga nasib qilmadi. Penaltilar seriyasida 5:4 hisobida “Bunyodkor” g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Kubogi | 1/8 final

“Qo‘qon-1912” 1:1 "Bunyodkor" (pen: 4:5)

Gollar: Javohir Husonov 45+2 - Nosirjon Abdusalomov 49

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting