O‘zbekiston kubogi. «Bunyodkor» – «Buxoro» uchrashuvi sanasi o‘zgardi
Фото: UzPFL
"Bunyodkor" rejasi bo‘yicha klub 20 avgustdan so‘ng o‘z maydoniga qaytishi kerak edi.
Biroq Lopez konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadioni maydoni hali-hanuz tiklanib ulgurmadi.
Bu esa o‘z navbatida muammolarni ko‘paytirdi. CAFA musobaqasi FIFA kunlaridan tashqariga chiqib kelgani sababli milliy terma jamoa bosh murabbiyi jamoani 26 avgustdan yig‘ishni rejalashtirgandi. Ammo taqvim siqilib ketgani bois Liga Kapadze bilan kelishib, so‘nggi rasmiy uchrashuvlarini 26 avgustga belgiladi. Agar bunday holat bo‘lmaganida, O‘zbekiston kubogining 1/4 final bosqichidan joy olgan Jizzax va Samarqanddagi, shuningdek, poytaxtdagi ikki bahs bir kunga to‘g‘ri kelmasdi. Bundan tashqari, CAFA musobaqasi sabab "Do‘stlik" stadioni ham erta bo‘shatilishi kerak edi. Shu bois Liga "Ikkio‘limpik" o‘rtasidagi Proliga uchrashuvini ham 26 avgustga belgilashga majbur bo‘ldi. Natijada futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogiga ham ta’sir ko‘rsatdik.
Shunga qaramay, O‘zbekiston kubogi doirasidagi "Bunyodkor" — "Buxoro" o‘yini Olmaliq shahriga ko‘chirish rejalashtirilgandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, 26 avgust kuni OKMK stadioni Toshkent viloyatining bayram tadbirlariga mezbonlik qiladi. Bu holat o‘z stadionidan ayrilgan "Bunyodkor" uchun yana bir muammo bo‘ldi. Nihoyat, klub terma jamoa rahbariyati bilan kelishgan holda, "Jar" stadionidan 27 avgust kuni ham foydalanishga ruxsat oldi. Holbuki, aynan shu kuni milliy terma jamoa yig‘ini boshlanadi va stadion CAFA musobaqasiga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
Afsuski, endilikda "Jar" stadioniga katta yuklama tushmoqda. Superliga, Proliga va kubok doirasidagi o‘yinlardan tashqari stadion bir haftada ikki marta ommaviy futbol musobaqasining final bahslariga mezbonlik qiladi. Keyin esa "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari 1 kun farq bilan "Jar" stadionidan foydalanishadi.
“Liga taqvim tuzayotganida va o‘z rejalarini muvofiqlashtirayotganida milliy terma jamoa o‘yinlari FIFA kunlaridan tashqariga chiqib ketishini hamda konsert dasturi sabab mamlakatning bosh stadioni ish faoliyatidan chiqishini hisobga olmagandi. Endi esa klublarimiz bilan birga o‘zimizga tegishli bo‘lmagan muammolarga duch keldik. Futbol jamoatchiligidan buning uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist