locale OZ

Oʻzbekiston Kubogi. Andijondan gollar shousi

Oʻzbekiston Kubogi “H” guruhida soʻnggi – 3-tur oʻyinlari oʻtkazildi. “Andijon” Qoʻqondagi “Markaziy” stadionda birinchi liga vakili – “Xavokand”ga qarshi maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston Kubogi. Andijondan gollar shousi
photo: Andijon fk

Oʻzbekiston Kubogi “H” guruhida soʻnggi – 3-tur oʻyinlari oʻtkazildi. “Andijon” Qoʻqondagi “Markaziy” stadionda birinchi liga vakili – “Xavokand”ga qarshi maydonga tushdi. Guruhda “Nasaf” bilan “Andijon” ikkita turda 4 ochko jamgʻarishgani va yakuniy turda qaysi jamoani guruh peshqadami boʻlishiga oydinlik kiritilishi muqarrar edi.

Oʻyin oldidan “Nasaf” toʻplar nisbatiga koʻra peshqadam boʻlib turgandi. “Andijon” esa guruhda birinchi oʻrinda yakunlash uchun raqib darvozasiga iloji boricha koʻproq gol urishi va oʻta yirik hisobni qayd etishi talab qilinardi. Buni yaxshi tushunib turgan Islom Ahmedov va uning jamoasi kutilganidek gollar shousini uyushtirib berdilar.

Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, xet-trik, Aziz Turgʻunboyev esa dubl qayd etdi. Shuningdek, Usmonali Ismonaliyev, Bekzod Sulaymonov va Xamidullo Karimov ham oʻz hisoblariga bittadan gol yozdirib qoʻydilar. 1:8 natijasini qayd etgan “Andijon” uchun bu guruhda peshqadam sifatida 1\8 finalga yoʻl olishi uchun yetarli boʻldi va endi “Burgutlar” ushbu bosqichni oʻz uyida oʻtkazadilar.

“Andijon” “Xavokand”ga master klass oʻtkazdi. Shu bilan birga tarkibda debyutini oʻtkazgan futbolchilar ham boʻldi. Darvozabon Neʼmatulloh Rustamjonov ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Shuningdek, U21 tarkibida 10 ta gol bilan toʻpurar boʻlib turgan Hamidullo Karimov ham ilk bor asosiy jamoa safida debyutini oʻtkazdi. Murabbiylar unga toʻliq ikkinchi boʻlimni oʻtkazish imkonini berdilar va u debyut oʻyinida debyut golini ham urishga muvaffaq boʻldi. Qolaversa, Fazliddinxoʻja Ubaydullayev ham debyutini oʻtkazishga erishdi.

Uchrashuvdagi natija bundan ham katta hisob boʻlishi mumkin edi. Chunki oʻyin davomida “Andijon”da yana koʻplab qulay imkoniyatlar boʻldi. Lekin, muhimi, “Burgutlar” kerakli natijaga erishishdi va oʻz maqsadiga erishib, 1-oʻrin bilan keyingi bosqich masalasini hal qildilar.

Andijondan kelgan ishqibozlar ajoyib tarzda qoʼllab-quvvatladilar va koʼtarinki kayfiyatda qaytdilar.

“Xavokand” – “Andijon” - 1:8 (1:5).
26-may. Qoʻqon. “Markaziy” stadion. 320 tomoshabin.


Hakamlar: Umijon Rahimjonov, Islom Nosirov, Azizbek Zokirov.
Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov
Komissar: Abdulvosit Valixonov

“Xavokand”: Muhammadamin Valiyev (Bilol Abdullayev, 46), Aziz Ibrohimov, Elbek Turgʻunaliyev, Barhayot Saidahmadjonov (Muhammadqodir Abdumoʻminov, 77), Asror Qurbonov, Ilhom Turobjonov, Sardor Rahimov (Shaxboz Rustamov, 63), Abubakrsiddiq Toshtemirov, Xafizjon Odilov, Ixtiyor Axmadjonov (Mubashir Valiyev, 63), Ozod Axmadjonov (Iqbol Omonov, 77).

“Andijon”: Neʼmatulloh Rustamjonov, Odil Abdumajidov, Islom Toʻxtaxoʻjayev, Abdurahmon Komilov (Fazliddinxoʻja Ubaydullayev, 89), Usmonali Ismonaliyev (Abdulvohid Gʻulomov, 46), Bekzod Sulaymonov (Xamidullo Karimov, 46), Muhammadkarim Toirov (Shoxjahon Yorqinboyev, 67), Damir Temirov, Xumoyunmirzo Iminov, Aziz Turgʻunboyev (Mahmud Maxammadjonov, 67), Poʻlatxoʻja Xoldorxonov.

Gollar: Usmonali Ismonaliyev, 7 – 0:1. Bekzod Sulaymonov, 13 – 0:2. Aziz Turgʻunboyev, 20 – 0:3. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, 23 – 0:4. Aziz Turgʻunboyev, 32 – 0:5. Ixtiyor Axmadjonov, 45+2 – 1:5. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, 72 – 1:6. Xamidullo Karimov, 74 – 1:7. Poʻlatxoʻja Xoldorxonov, 90+3 – 1:8.

Ogohlantirishlar: Ilhom Turobjonov, 28 – Odil Abdumajidov, 28. Fazliddinxoʻja Ubaydullayev, 90+2.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting