locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “Andijon” kutilmaganda “Lochin”ga mag'lub bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “Andijon” kutilmaganda “Lochin”ga mag'lub bo'ldi
FОТО: FC Andijon

O'zbekiston Kubogi 2-turidan o'rin olgan bahsda “Lochin” va “Andijon” o'zaro to'qnash keldi va yakunda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob ikkinchi bo'lim oxirida Og'abek Mahamadaminov tomonidan ochildi (1:0). Oradan 4 daqiqa o'tib Mirzad Mehanovich penaltidan hisobni tenglashtirdi (1:1).

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Suhrob Toshkenboyev “Lochin”ga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, “Lochin” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 3 taga yetkazib oldi.

O'zbekiston Kubogi | 2-tur

“Lochin” 2:1 “Andijon”

Gollar: Og’abek Mahamadaminov 85' (1:0), Mirzad Mehanovich 89' pen (1:1), Suhrob Toshkenboyev 90+2' (2:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting