O’zbekiston kubogi. “Ahmedov” klubi Ahmedov tahsil olgan maktab jamoasiga mag’lub bo’ldi
Xabar berib o’tganimizdek, 1 aprel kuni futbol bo’yicha O’zbekiston kubogi saralashining ikki bahsi bo’lib o’tdi.
Qiziqarlisi, Odil Ahmedov akademiyasi maydonida o’tgan o’yinlarning birida “Ahmedov” akademiyasi klubi sobiq futbolchining o’zi tahsil olgan maktab jamoasi (bugungi kunda Namangan futbol akademiyasi deb yuritiladi) bilan to’qnash kelgani bo’ldi. O’zbekiston futbol federatsiyasi vitse prezidenti asli Namanganlik va futboldagi dastlabki bilimlarini Namangan futbol akademiyasida o’zlashtirgan.

Qiziqarli kechgan o’yinda namanganliklar 3:1 hisobida g’alaba qozondi. Gollarga “Namangan FA”dan Abdumutaliyev, Yo’lchiyev, Abdurahmonovlar mualliflik qilgan bo’lsa, “Ahmedov FK” jamoasidan yagona to’pni Nasrullayev o’z hisobiga yozdirib qo’ydi.


Ushbu g’alabadan so’ng, “Namangan FA” jamoasi kubok bahslaridagi yurishini davom ettiradi.