locale OZ

O'zbekiston Kubogi. “A” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. “A” guruhining so'nggi ishtirokchisi aniqlandi
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda “Toshkent VFA” hamda “Xorazm FA” o'zaro to'qnash keldi.

Dastlab, hisob 50-daqiqada O'tkirbek Komilov tomonidan ochildi (0:1). Oradan 10 daqiqa o'tib, 61-daqiqada Akobir Abdullajonov oradagi muvozanatni tikladi (1:1).

75-daqiqada Asadbek Ko'klamov xorazmliklarni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa (1:2), 81-daqiqaga kelib uning o'zi uchrashuvga nuqta qo'ydi (1:3).

Shu tariqa, “Xorazm FA” “A” guruhining so'nggi ishtirokchisiga aynlandi. Shuningdek, ushbu kvartetdan “Aral”, “So'g'diyona” va “Sementchi” o'rin olgan.

O'zbekiston Kubogi | Saralash bosqichi

“Toshkent VFA” 1:3 “Xorazm FA”

Gollar: O'tkirbek Komilov 50' (0:1), Akobir Abdullajonov 61' (1:1), Asadbek Ko'klamov 75' (1:2), Asadbek Ko'klamov 81' (1:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting