locale OZ

O'zbekiston Kubogi. 2-turdan so'ng “H” guruhidagi holat bilan tanishing!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Kubogi. 2-turdan so'ng “H” guruhidagi holat bilan tanishing!
FOTO: UZPFL

O'zbekiston Kubogining “H” guruhida 2-tur uchrashuvlari o'z yakuniga yetdi.

Ushbu tur doirasida dastlab “Navoiy FA” hamda “Paxtakor” o'zaro to'qnash keldi va yakunda toshkentliklar o'ta yirik 0:9 hisobida g'alaba qozondi.

Ikkinchi bahsda esa OKMK va “Nasaf” qarama-qarshiligiga guvoh bo'ldik. Dastlab 0:2 hisobida oldinga chiqib olgan qarshiliklar g'alabani saqlab qola olmadi. OKMK ikkinchi bo'limda uchta gol urib, kambek amalga oshirdi.

2-turdan so'ng “H” guruhidagi holat quyidagicha ko'rinish oldi:

Ma'lumot uchun, 3-turda “Nasaf” “Paxtakor” maydoniga safar qilsa, OKMK o'z maydonida “Navoiy FA”ni qabul qiladi. O'yinlar 13-may sanasida o'tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting