locale OZ

O‘zbekiston kubogi – 2026: Yarim final bahslari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi

Futzal muxlislari ikki kun davomida final yo‘llanmasi uchun kechadigan to‘rtta murosasiz va qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanishadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston kubogi – 2026: Yarim final bahslari Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi
photo: UFF

O‘zbekiston kubogi – 2026 musobaqasining yarim final uchrashuvlari joriy yilning 18–19-may kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Futzal muxlislari ikki kun davomida final yo‘llanmasi uchun kechadigan to‘rtta murosasiz va qiziqarli uchrashuv guvohiga aylanishadi.

Chorak final bosqichidan farqli ravishda, yarim finalda jamoalar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalchilarni aniqlab beradi. Agar tomonlar ikki uchrashuvda bittadan g‘alabaga erishsa, reglamentga muvofiq kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi inobatga olinadi. Ushbu ko‘rsatkichlar ham teng bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvdan so‘ng 5 daqiqalik ikkita qo‘shimcha taym belgilanadi. Agar unda ham g‘olib aniqlanmasa, FIFA talablari asosida penaltilar seriyasi o‘tkaziladi.

Yarim final uchrashuvlari taqvimi:

18-may, dushanba
15:00 | “BMB PFC” — “Nasaf”
17:00 | “Maksam-Chirchiq” — SQB

19-may, seshanba
15:00 | “Nasaf” — “BMB PFC”
17:00 | SQB — “Maksam-Chirchiq”

Barcha uchrashuvlar O‘FFning rasmiy YouTube kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting