O’zbekiston kubogi – 2026 musobaqasi guruh bosqichi bahslari 28-aprel kuni start oladi
O’zbekiston kubogi – 2026 musobaqasi guruh bosqichi bahslari 28-aprel kuni start oladi.
Mamlakatimiz furzalida nufuzi jihatidan ikkinchi o’rinda turuvchi O’zbekiston kubogi musobaqasining 2026-yilgi bahslari kelayotgan haftaning seshanba kuni Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida start oladi.
Bahslarni A hamda C guruhi vakillari boshlab berishadi. Mazkur ikki guruh o’yinlari 28-aprel sanasida start olib, 2-may kuni poyonida yetadi. Shundan so’ng, B hamda D guruhi vakillariga kurashga kirishishadi. Bu guruh vakillarining o’yinlariga jizzaxlik futzal ishqibozlari 3—7-may sanalarida shohid bo’lishadi.
Eslatib o’tamiz, guruh bosqichida o’yinlar bir davrali tizimda tashkil etiladi va unda birinchi hamda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo’l olishadi. Chorak final hamda Yarim final bahslari may oyining o’rtalarida tashkil etilishi ko’zda tutilayotgan bo’lsa, FINAL uchrashuvi iyun oyining dastlabki haftasida Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.