locale OZ

O‘zbekiston kubogi – 2026: BMB va SQB finalda

BMB PFC ortiqcha qiyinchiliksiz, yirik hisobda zafar quchdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi – 2026: BMB va SQB finalda
photo: UFF

Nufuzi jihatidan mamlakatimiz futzalida ikkinchi o‘rinda turadigan O‘zbekiston kubogi musobaqasining 2026-yilgi mavsumi bosh sovrini uchun bahs olib boruvchi da’vogarlar aniqlandi. Amaldagi Kubok sohibi – BMB jamoasi musobaqa mezbonlariga qarshi o‘yinda ikkita yutuqqa erishgan bo‘lsa. SQB Toshkent viloyatining “Maksam-Chirchiq” jamoasi to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qashqadaryolik muxlislar “Nasaf”dan bu bosqichda ham mo‘jiza kutishgandi. Yarim finalning ilk to‘qnashuvi ishqibozlar umidini biroz oqlagandek ko'ringandi. Ammo jiddiy raqobatga va ehtiroslarga boy o'yinda mezbonlarning ruhiy tayyorgarligi pand berdi. Jamoa yetakchisi Ixtiyor Ropiyev birinchi uchrashuvda maydondan chetlatilgan bo'lsa, Odiljon Asomov ikkinchi sariq kartochkasini "ishladi". Ularning yo'qligi javob uchrashuvida yaqqol bilindi. BMB PFC ortiqcha qiyinchiliksiz, yirik hisobda zafar quchdi.

SQB hamda “Maksam-Chirchiq” jamoalari o‘rtasidagi har ikkala yarim final uchrashuvi teng kurashlar ostida kechdi. Birinchi bahsda bankchilar bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda ham intriga so'nggi soniyalargacha saqlanib turdi. Ammo kerakli vaziyatlarda SQB futzalchilarining tajribasi va mahorati o'z so'zini aytdi. Shu tariqa finalga ikkinchi yo‘llanmani SQB jamoasi qo'lga kiritdi.

O‘zbekiston kubogi – 2026 musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvi poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi 2026-yilning 3-iyun kuni soat 18:00 da boshlanadi. Majmuaga muxlislarning kirishi mutlaqo bepul. Demak, barcha futzal ishqibozlarimizni biz shu kuni “Yunusobod” sport majmuasida kutib qolamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting