locale OZ

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali uchun qur’a 2 iyun kuni tashlanadi

Jarayon Liga sahifalari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston kubogi 1/8 finali uchun qur’a 2 iyun kuni tashlanadi
Фото: UzPFL

27 may kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi bahslari yakuniga yetadi. Shundan so‘ng 1/8 finalda ishtirok etadigan 16 ta klub nomi ma’lum bo‘ladi.

Musobaqaning pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 2 iyun kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Jarayon Liga sahifalari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlagan jamoa 1/8 final uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. Ikkinchi o‘rinni egallagan klub esa pley-off bahsida safarda harakat qiladi.

Shuningdek, bir guruhda ishtirok etgan jamoalar 1/8 final bosqichida o‘zaro to‘qnash kelmaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting