O‘zbekiston — «Kelajak o‘yinlari – 2026»da bronza medali sohibi
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Kelajak o‘yinlari – 2026” musobaqasining fidjital futbol yo‘nalishida ishtirok etgan FC OLYMPIC PHYGITAL jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
Vakillarimiz chorak finalda Rossiyaning FFK “ROTOR CISS GROUP” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Yarim finalda esa Argentinaning NS Team jamoasiga qarshi kechgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa raqib 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bronza medali uchun bahsda O‘zbekiston vakillari Gvatemalaning Club Holcattes jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
“Kelajak o‘yinlari – 2026” | Fidjital futbol
1-o‘rin — NS Team (Argentina)
2-o‘rin — Quetzales-Armadillos (Meksika)
3-o‘rin — FC OLYMPIC PHYGITAL (O‘zbekiston)
O‘zbekiston jamoasiga taniqli futbolchi Server Jeparov bosh murabbiy sifatida rahbarlik qildi.
Jamoa sharafini Sunnatjon Anvarov (darvozabon), Timur To‘raqulov, Botir Rizayev, Bekzod Jumaboyev va Dostonbek Bobojonov singari futzalchilarimiz himoya etishdi.
Yigitlarimizni munosib natija bilan tabriklaymiz!