O‘zbekiston JCH-2026 oldidan Urugvay bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
Bu bellashuv Janubiy Amerikaning kuchli termalariga qarshi uchinchi o‘yin bo‘ladi. Ilgari ikki uchrashuv — 2018 va 2019 yillarda o‘tkazilgan va har ikkisida ham urugvayliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yangi belgilangan o‘yin terma jamoamizga so‘nggi yillarda erishilgan o‘sishni baholash hamda jahon chempionatida kutilayotgan yuqori darajadagi raqobatga moslashish imkonini beradi.
Timur Kapadze boshchiligida jahon chempionatiga chiqish sharafiga sazovor bo‘lgan terma jamoamizning tayyorgarlik rejasi juda boy. Ilgari ham FIFAning oktyabr oyidagi rasmiy xalqaro o‘yinlar oynasida O‘zbekiston Argentinaga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish joiz, Urugvay terma jamoasi 1930 yildagi ilk jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi. Ushbu musobaqa mamlakat mezbonligida o‘tkazilgan bo‘lib, final Argentinaga qarshi Montevideoda maxsus shu chempionat uchun to‘qqiz oyda qurilgan “Sentenario” stadionida bo‘lib o‘tgan.