locale OZ

O‘zbekiston jahon chempionatidagi debyuti oldidan qur’a sanasini bildi

Tarixiy musobaqaga yo‘l olgan termamiz 5 dekabr kuni raqiblarini bilib oladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi qur’a tashlash marosimi qachon va qayerda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. ESPN nashri xabariga ko‘ra, ushbu tantanali tadbir 5 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi.

Qizig‘i shundaki, Las-Vegas turnir mezbon shaharlari qatoriga kirmagan bo‘lsa-da, qur’a tashlash marosimi aynan shu yerdagi “Sphere” deb nomlangan noyob kontsert zalida bo‘lib o‘tadi. Bu inshoot dunyodagi eng yirik sferik binolardan biri bo‘lib, 17,5 ming tomoshabinni sig‘dira oladi va 50 ming kvadrat metrdan iborat ulkan ekran bilan jihozlangan.

Jahon chempionati 2026 yili 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada tashkil etiladi. Musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endi esa yurtdoshlarimiz jamoamizning qaysi guruhda va kimlarga qarshi o‘ynashi bilan qiziqishmoqda. Qur’a natijalari ana shu savollarga javob beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting