O‘zbekiston futzal terma jamoasi VI Islom birdamligi o‘yinlarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻldi.
FOTO: UzbekistanFA
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston futzal terma jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan kurash olib bordi.
Uchrashuvning asosiy bo‘limi 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida O‘zbekiston futzal terma jamoasi mezbon Saudiya Arabistoni ustidan 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Saudiya Arabistoni 1:1 O‘zbekiston
Gollar: Navaf Mubarak Aroan (32) — Elbek To‘lqinov (33).
Penaltilar seriyasi:
Saudiya Arabistoni 5:6 O‘zbekiston
Nasrullo Karimov
Jurnalist