locale OZ

O‘zbekiston futzal federatsiyasi jamoasi xotira turniri chempionligini qo'lga kiritdi

Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan xotira turnir yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzal federatsiyasi jamoasi xotira turniri chempionligini qo'lga kiritdi
photo: UFF

Taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlangan xotira turniri O‘zbekiston futzal federatsiyasi jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchinchi bor tashkil etilgan musobaqaning finalida O‘FF jamoasi “Bunyodkor” faxriylariga qarshi to‘p surishdi.

Uchrashuv juda qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Har ikkala jamoa g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushganligi yaqqol sezilib turdi. Birinchi taymda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolingan bo‘lsa, ikkinchi taym avvalida Latipov aniq zarbasi bilan “qaldirg‘ochlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, hakam “Bunyodkor” darvozasiga penalti belgiladi. Bu vaziyatda o‘yin qoidasi jarima maydoni tashqarisida buzilganligini O‘FF jamoasi sardori B.Mamatqulov bildi va fayr playga amal qilgan holda 11 metrlik jarima zarbasini ataylab noaniq ijro etdi.

Adolat esa tezda qaror topdi. Futzalchilarning keyingi hujumida raqib darvozasi ishg‘ol etildi. Shoxrux Zokirov hisobni tenglashtirdi.

Reglamentga binoan g‘olib jamoani aniqlash uchun o‘yindan keyingi penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Bu safar Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi O‘FFchilar barcha zarbalarni aniq amalga oshirishdi. “Bunyodkor” vakillaridan birining tepgan to‘pini esa Bekzod Omonullayev olib chiqdi – 6:5.

Penaltilar seriyasidan unumli foydalangan futzalchilar ro‘yxati: B.Mamatqulov, Sh.Salimov, B.Omonullayev, A.Yunusov, F.Zakirov, N.Eliboyevlar bo‘lishdi.

Shu tariqa O‘FF jamoasi Axbor Imomxo‘jayev xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchinchi turnir g‘olibi bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting