O'zbekiston futzal federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan bir qator qarorlar qabul qilindi
Yig‘ilish yakunida O'zbekiston futzal federatsiyasi Ijroiya qo'mitasi tomonidan quyidagi qarorlar qabul qilindi:
🔹O‘zbekiston futzal federatsiyasi terma jamoalar departamenti boshlig‘i Rustam Zuparov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani va ushbu lavozimga Dilshod Rahmatov tayinlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin;
🔹Musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish departamentiga joriy mavsumda xorijda o‘tgan tijorat musobaqalarida ruxsatsiz ishtirok etgan futzalchilar va murabbiylar ro‘yxatini shakllantirib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi;
🔹O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Konstantin Sviridov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingani ma’lum qilindi.
🔹O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Nodir Eliboyev, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga Shuhrat Tojiboyev bosh murabbiy etib tayinlandi.
Yig‘ilish yakunida milliy chempionatning hal qiluvchi turlarini yuqori saviyada tashkil etish, g‘olib va sovrindorlarni munosib taqdirlash, Reglamentga muvofiq rag‘batlantirish, mamlakatda futzal ommaviyligini oshirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.