locale OZ

O‘zbekiston futzal federatsiyasi – “Eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi g‘olibi

Mamlakatimizning eng zamonaviy sport inshootlaridan biri — “Yunusobod” sport majmuasi yil yakunlari bo‘yicha hamkor tashkilotlarni taqdirlab boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzal federatsiyasi – “Eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi g‘olibi
photo: UFF

Mamlakatimizning eng zamonaviy sport inshootlaridan biri — “Yunusobod” sport majmuasi yil yakunlari bo‘yicha hamkor tashkilotlarni taqdirlab boradi.

Hay’at qaroriga ko‘ra, 2025-yilgi mavsum yakunlariga ko’ra Oʻzbekiston Futzal Federatsiyasi “Eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Mazkur e’tirof federatsiyaning futzalni ommalashtirish, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va sport infratuzilmasidan samarali foydalanish borasidagi faoliyatiga munosib baho bo‘ldi.

Mukofotni O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulovga “Yunusobod” sport majmuasi rahbari Qobil Nurmatov tantanali ravishda topshirdi.

Taqdirlash marosimida kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, milliy chempionat va Kubok bahslari, shuningdek, terma jamoalarning xalqaro uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting