locale OZ

O‘zbekiston futzal federatsiyasi binosida mamlakat kubogi-2026 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi

Nufuzi jihatidan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan mazkur musobaqaning guruh bosqichi bahslarida 19 ta jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzal federatsiyasi binosida mamlakat kubogi-2026 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi
photo: UFF

Bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi binosida mamlakat kubogi-2026 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Nufuzi jihatidan futzal bo‘yicha mamlakat chempionatidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan mazkur musobaqaning guruh bosqichi bahslarida 19 ta jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi. Qur’a tashlash jarayonida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes ishtirok etadi. Jarayonni O‘FF Yutub kanali orqali jonli efirda bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi sha’feligi ostida ikkinchi marta o‘tkazilayotgan mamlakat kubogi-2026 musobaqasida quyidagi jamoalar qatnashishadi:

Oliy liga jamoalari – “BMB PFC”, “Oil Star”, SQB, OKMK, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Maksam-Chirchiq”, “Neftchi”, “Qizilqum”.

Birinchi liga jamoalari – “Guliston”, “Xorazm”, “Aral”, “Politexnik”, “Bobur”, “TerDU”, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, Jizzax futbol akademiyasi jamoasi.

Jamoalar qur’aga ko‘ra to‘rtta guruhga taqsimlanadi.

Guruh o‘yinlari 29-aprel – 6-may sanalarida Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi. Guruh musobaqasi bir davrali tizimda tashkillashtirilib, unda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Chorak finalda jamoalar bittadan bahslari yarim finalga yo‘llanma oluvchi jamoalar nomini aniqlab berishadi. ¼ final bahslariga 12-14-may kunlari Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Yarim final juftliklari esa ikkitadan uchrashuvda kuch sinashib, finalchilar nomiga aniqlik kiritishadi. Bu bosqich bahslari 18-20-may sanalarida Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida tashkillashtiriladi.

O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi FINAL uchrashuvi 2026-yilning 3-iyun sanasida Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu o‘rinda O‘zbekiston kubogining final o‘yinidan oldin mamlakat milliy chempionatining so‘nggi – 12-turi ham poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tishini ma`lum qilamiz. Milliy chempionatimizning oxirgi turi uchrashuvlari 23-28-may sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting