O‘zbekiston futbol hakamlari markazida navbatdagi o’quv-yig’in mashg’uloti bo’lib o’tdi
Bosh hakam va yordamchi hakamlar uchun jismoniy tayyorgarlik va o’yindan tashqari holat yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan kelgan bosh hakamlar va yordamchi hakamlar ishtirokida navbatdagi jismoniy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlar tajribali instruktorlar: Valentin Kovalenko, Yuliya Tarasova va boshqa malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.
Ushbu yigʻin doirasida hakamlarning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan maxsus mashqlar, chidamlilik va tezkorlik sinovlari oʻtkazildi. Shuningdek, zamonaviy futbol talablaridan kelib chiqib, o’yindan tashqari holat yo’nalishi boʻyicha ham amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.