locale OZ

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan tashkil etilgan hakamlar akademiyasining 4-moduli davom etmoqda

Darslarni Superliga bahslarida faoliyat olib borayotgan hakamlar hamda tajribali instruktorlar olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakamlar akademiyasining 4-moduli davom etmoqda
photo: UzFHM

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan tashkil etilgan Hakamlar akademiyasining navbatdagi, 4-moduli mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga futbol qoidalari, o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, maydondagi qaror qabul qilish jarayonlari hamda zamonaviy hakamlik talablari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.

Darslarni Superliga bahslarida faoliyat olib borayotgan hakamlar hamda tajribali instruktorlar olib borib, o‘z bilim va tajribalarini akademiya tinglovchilari bilan bo‘lishmoqda.

Hakamlar akademiyasi yosh va istiqbolli hakamlarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda kelajakda professional futbol uchrashuvlarida faoliyat yuritishlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting