O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va “Technogym” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Bugun O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, Technogym kompaniyasining hududiy bo‘limi boshlig‘i Nikolas Hasson va kompaniyaning O‘zbekistondagi direktori Mirsaid Sabirov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda “Technogym” rahbariyati O‘zbekistondagi hamkorlikni katta imkoniyat sifatida baholab, bu uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Milliy futbol markazi qurilishi ulkan hodisa ekani, kompaniya ham ushbu loyihaning bir qismi bo‘lishidan mamnun ekanligini ta’kidlab, infratuzilma yaratishning muhimligini va bu jarayonning katta imkoniyatlar eshiklarini ochishini bildirdi.
Shuningdek, markaz to‘liq qurib bitkazilganidan so‘ng, O‘zbekistondagi futbol klublarini markaz bilan tanishtiruvchi ekskursiya tashkil etish rejalashtirilganligi alohida ta’kidlandi. O‘zaro tajriba almashish hamda “Technogym” maxsulotlaridan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berish maqsadida kompaniya tomonidan ham xuddi shunday amaliyot joriy etilishi ma’lum qilindi.