O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 340 ming dollar jarimaga tortildi
Assotsiatsiya taqdirlash marosimini konfederatsiya bilan kelishmasdan tashkil etgan
ФОТО: Getty images
Osiyo futbol konfederatsiyasi joriy yilning 10 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 saralash o‘yinida bir qator qoidabuzarliklar uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini jarimaga tortdi.
O‘sha kuni saralash o‘yinidan so‘ng BYD avtomobillari maydonga olib chiqilib, futbolchi va murabbiylarga topshirildi. Bu esa OFK reglamenti qoidalarini buzish bo‘ldi.
OFK ma’lumotlariga ko‘ra, assotsiatsiya taqdirlash marosimini konfederatsiya bilan kelishmasdan tashkil etgan, o‘zining tijorat hamkorlari huquqlarini himoya qilishni ta’minlamagan va yashirin marketing elementlariga yo‘l qo‘ygan, shuningdek, matbuot anjumanlari va boshqa rasmiy tadbirlarni o‘tkazishda zarur yordam ko‘rsatmagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist