locale OZ

O'zbekiston futbol asossatsiyasi qoshidagi 14 ta hududiy futbol akademiyalari Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etadi

Prezidentning 2025-yil 21-avgustdagi 262-sonli qarori asosida joriy etilgan onlayn platforma orqali akademiyalar faoliyatini rivojlantirish ishlari jadallashtiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OʻFA qoshidagi 14 ta hududiy futbol akademiyalari Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etadi
photo: Google

Mamlakatimiz rahbarining 2023-yil 7-apreldagi 115-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab hududiy futbol maktablarini professional klublarga bosqichma-bosqich biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon klublarni OFK litsenziyalash talablariga moslashtirish hamda akademiyalar faoliyatini professional klublar orqali rivojlantirishga qaratilgan.

Shunga ko‘ra, 14 ta hududiy akademiyalar kichik klub maqomida Liga musobaqalarida mustaqil ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Liga FIFA talablari asosida futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron futbolchi pasportini joriy etish hamda akademiyalarning kelgusidagi ehtimoliy daromadlarini ta’minlash masalalarini muvofiqlashtiradi.

Shuningdek, Prezidentning 2025-yil 21-avgustdagi 262-sonli qarori asosida joriy etilgan onlayn platforma orqali akademiyalar faoliyatini rivojlantirish ishlari jadallashtiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting