locale OZ

O‘zbekiston Falastinni mag‘lub etib, Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
U23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan Falastinni mag‘lub etdi
Фото: ЎФА

Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan U23 Osiyo Kubogi saralash bahslarining 3-turida O‘zbekiston Falastin bilan to‘qnash keldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Behruzbek Asqarov 25-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, raqiblar 70-daqiqada Muhammad Sanduqa goliga javoban muvozanatni tikladi. G‘alaba goli esa 85-daqiqada Rustam Turdimurodov tomonidan urildi.

Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari 2026-yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi

O‘zbekiston – Falastin 2:1

Gollar: Behruz Asqarov 25', Rustam Turdimurodov (Nodir Abdurazzoqov) 85' – Muhammad Sanduqa 70'

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting