locale OZ

O‘zbekiston — Eron: so‘nggi 10 uchrashuv statistikasi

Tomonlar 24-sentabr kuni yana o‘zaro bahs olib boradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston — Eron: so‘nggi 10 uchrashuv statistikasi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari 24-sentabr kuni yana o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv oldidan ikki jamoaning so‘nggi 10 ta o‘zaro o‘yinidagi natijalarga nazar tashlaymiz.

So‘nggi 10 uchrashuvda Eron 4 marta asosiy vaqtda g‘alaba qozongan. O‘zbekiston esa 2025-yilgi CAFA finalida qo‘shimcha vaqtda Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. O‘sha yilning noyabr oyidagi bahsda esa asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlanganidan so‘ng O‘zbekiston penaltilar seriyasida 4:3 hisobida ustun kelgan.

Umumiy hisobda O‘zbekiston so‘nggi 10 o‘yinda 6 ta, Eron esa 9 ta gol urgan. Ushbu bahslarning 5 tasida O‘zbekiston raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagan, 6 ta uchrashuvda esa 90 daqiqa davomida g‘olib aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, 2023-yil noyabridan buyon O‘zbekiston va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan ketma-ket olti uchrashuvning hech birida Eron asosiy vaqtda O‘zbekistonni mag‘lub eta olmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting