O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarida
Ertaga O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi XX yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz uchun bu musobaqa tarixidagi ikkinchi ishtirok hisoblanadi.
Terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida ilk bor Xanchjou-2022 turnirida qatnashgan. Musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga kechiktirilib, 2023-yilda Xitoyda o‘tkazilganO‘zbekiston guruh bosqichida Mo‘g‘uliston ustidan g‘alaba qozonib, mezbon Xitoyga imkoniyatni boy berdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chorak finalda vakillarimiz Xitoy Taypeyini qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib, debyutidayoq Osiyo o‘yinlarining kuchli to‘rtligidan joy oldi. Yarim finalda KXDRga imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin uchun bahsda yana Xitoyga qarshi maydonga tushildi. Yakunda O‘zbekiston turnirni 4-o‘rinda tugatdi.
Endilikda terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida ikkinchi bor o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi. O‘zbekiston guruh bosqichida Filippin, Xitoy va Gongkong terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Vakillarimiz turnirdagi dastlabki uchrashuvini ertaga Filippin terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.