Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyida Avstraliyada boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi joriy yilning mart oyida Avstraliyada boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ayollar milliy terma jamoasi a’zolari hamda murabbiylar shtabi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida oldinda turgan Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayoni, jamoaning musobaqadagi vazifalari va yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida assotsiatsiya rahbariyati terma jamoani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi. Jamoaning musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgani hamda tayyorgarlik jarayoni doimiy nazoratda boʻlishi qayd etildi.
Shuningdek, ayollar milliy terma jamoasi oldiga qoʻyilgan asosiy maqsadlar belgilab olinib, futbolchilarga Osiyo kubogida mamlakatimiz sha’nini munosib himoya etish borasida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
Eslatib oʻtamiz, terma jamoa 3-fevral kuni navbatdagi yigʻinni oʻtkazish uchun Turkiyaga joʻnab ketadi.