locale OZ

O'zbekiston Argentina bilan o'ynaydimi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston Argentina bilan o'ynaydimi?
FOTO: UzbekistanFA

Ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi o'yin o'tkazishi haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan O'FA Marketing va media bo'limi boshlig'i, sharhlovchi Davron Fayziyev izoh berdi.

“Argentina bilan o'yin o'tkazilishi haqida ma'lumotlar ancha keng muhokama qilindi. Lekin bu hali aniq emas.

O'FA oktyabr oyi uchun bir qancha variantlarni o'rganib chiqmoqda. Ularning orasida kuchli terma jamoalar bor. Shu jumladan Argentina ham. Hozircha hech qanday rasmiy kelishuv yo'q. Kutaylikchi”, - deydi Fayziyev.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashini muvaffaqiyatli yakunlab, o'z tarixida ilk bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting