locale OZ

O‘zbekiston AQSHga qachon jo‘nab ketishi ma’lum bo‘ldi

Tayyorgarlikning dastlabki qismi 26-mayga qadar Toshkentdagi milliy futbol markazida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston AQSHga qachon jo‘nab ketishi ma’lum bo‘ldi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi ma’lum bo‘ldi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa 26-may kuni AQSHga jo‘nab ketadi. Bu haqda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ma’lum qildi.

Tayyorgarlikning dastlabki qismi 26-mayga qadar Toshkentdagi milliy futbol markazida bo‘lib o‘tadi. Mazkur yig‘in davomida “oq bo‘rilar” 16-may kuni “Neftchi” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Shuningdek, jamoa 22-may kuni “Bunyodkor” stadionida ikki jamoaga bo‘lingan holda so‘nggi mashg‘ulot o‘yinini o‘tkazadi. Ushbu o‘yinlar futbolchilarning jismoniy holatini tekshirib olish va taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 26-may kuni soat 06:45 da AQSHga yo‘l oladi va yig‘inni 30-mayga qadar Nyu York shahrida davom ettiradi. Shundan so‘ng, 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bahsdan so‘ng jamoa delegatsiyasi yana Nyu Yorkka qaytib, bir hafta davomida mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
8-iyun kuni Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. 10-iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon chempionati davomidagi asosiy qarorgohi hisoblangan Atlanta shahriga joylashadi. Aynan shu yerda Kolumbiyaga qarshi kechadigan debyut uchrashuvi oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi yakunlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting