locale OZ

O‘zbekiston 7 ta medal Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida 2-o‘rinda yakunladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston 7 ta medal Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida 2-o‘rinda yakunladi
PHOTO: Telegram

Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yakkalik musobaqasi yakuniga yetdi.

Uch kun davomida qit’amizning 29 davlati dzyudochilari jami 14 (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan kichik jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu natija evaziga dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

G`olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar
-73 kg: Shahram Ahadov
-90 kg: Shaxzodxo`ja Sharipov

Kumush medallar
-66 kg: Zamoxshari Bekmurodov
-90 kg: Nurbek Murtazoyev

Bronza medallar
-57 kg: Shukurjon Aminova
-78 kg: Marjona Ko`chimova
-81kg: Arslon Tojiyev

Taqqoslash uchun, o‘tgan yili Gonkongda o‘tgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz 1 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan 5-pog‘onadan joy olgandi. Bu safargi qit’a chempionatida ham xuddi o‘tgan yilda bo‘lgani singari Yaponiya terma jamoasi 8 ta oltin medal bilan birinchi o‘rinni band etdi.

Kuchli uchlikka Koreya Respublikasi dzyudochilari 2 ta oltin, 1 ta ta kumush, 3 ta bronza bilan yakun yasashdi. Bitta ortiqcha kumush medal bizga 2-o‘rinni taqdim etdi. Xitoy Xalq Respublikasi va Bahrayn davlatlari hisobida bir nafardan chempion bo‘ldi. Jami 13 mamlakat delegatsiyalari o‘z yurtlariga kamida 1 ta bronza medali bilan qaytadigan bo‘lishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting