locale OZ

O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham qator yangiliklar joriy etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi
ФОТО: Getty images

Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida qit’a futboliga oid bir qator muhim qarorlar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi belgilandi. Shuningdek, 2029-yilgi U-17 Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda yana bir muhim masala — 2028-yilgi U-23 Osiyo kubogi mezboni ham aniqlandi. Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga Osiyo saralashi vazifasini bajaradigan ushbu musobaqaga Yaponiya mezbonlik qiladi.

Bundan tashqari, OFK Ijroiya qo‘mitasi qit’a klublar musobaqalari va yoshlar turnirlari reglamentiga oid qator o‘zgarishlarni ham tasdiqladi. Xususan, 2026/27-yilgi mavsumdan boshlab AFC Champions League Elite musobaqasi yangi, 32 jamoalik format asosida o‘tkaziladi hamda U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham qator yangiliklar joriy etiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting