locale OZ

O‘zbek futboliga munosib hissa qo‘shgan mutaxassis Baxtiyor Tagayev 60 yoshni qarshi oldi

Yubiley munosabati bilan unga esdalik sovg‘alari topshirildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbek futboliga munosib hissa qo‘shgan mutaxassis Baxtiyor Tagayev 60 yoshni qarshi oldi
Фото: ЎФА

U futbolchilik faoliyatini 1983-yilda Xiva shahrining “Xiva” jamoasida boshlagan. Keyinchalik “Selmasheves” (Chirchiq), “Kosonsoy”, “Do‘stlik”, “Navbahor” hamda “Sergeli” kabi jamoalar safida to‘p surib, o‘zbek futbolida munosib iz qoldirgan.

Ayniqsa, "Navbahor" jamoasi safidagi faoliyati davomida katta yutuqlarga erishgan. Jumladan, 1995-yilda O‘zbekiston kubogi sohibi, 1996-yilda esa O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

2000-yilda hakamlik faoliyatini boshlagan Baxtiyor Tagayev 2011-yilgacha birinchi va oliy liga uchrashuvlarida faoliyat olib bordi. Shuningdek, 2006-2010-yillar davomida FIFA hakami yordamchisi (assistent) sifatida xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan.

Futzal yo‘nalishida ham samarali faoliyat olib borgan mutaxassis 2003-yilda Ardus jamoasi safida o‘ynagan, 2007-2013-yillarda esa ushbu jamoada murabbiy sifatida ishlagan. Uning boshchiligida “Ardus” 2010-2012-yillarda ketma-ket O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan.

2014-2017-yillarda “Olmaliq” mini-futbol jamoasida murabbiylik qilib, 2015 va 2016-yillarda O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan.

Hozirgi vaqtda u O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida hakamlar fitnes instruktori sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2025-yildan boshlab O‘zFHMda futzal hakamlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis va instruktor sifatida mehnat qilib kelmoqda.

Tadbir davomida uning o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Yubiley munosabati bilan unga esdalik sovg‘alari topshirildi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting