locale OZ

Oʻzbek futbolida 2025 yilning eng yaxshilari aniqlandi

Milliy futbol markazida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbek futbolida 2025 yilning eng yaxshilari aniqlandi
FOTO: Getty Images

Milliy futbol markazida 2025-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbek futbolining joriy yildagi qahramonlari bilan tanishing:

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi — Sadriddin Hasanov

«Bunyodkor» klubi va O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov uchun 2025 yil haqiqiy burilish nuqtasi bo‘ldi. yosh iqtidor egasi Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida o‘tgan U-17 Osiyo Kubogida o‘zining sermahsul o‘yini va muhim gollari bilan barchaning e’tiborini tortdi. Shuningdek, u Qatar mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham terma jamoamizning asosiy figuralaridan biri sifatida gavdalandi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi — Timur Kapadze

2025 yil o‘zbek futboli solnomasiga oltin harflar bilan muhrlanadigan bo‘ldi — milliy terma jamoamiz o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi. Ushbu ulkan g‘alabada «oq bo‘rilar»ni g‘alaba sari yetaklagan Timur Kapadzening xizmatlari beqiyos. Qayd etish joizki, tajribali mutaxassis 2022 va 2024 yillardan so‘ng uchinchi bor mamlakatning eng yaxshi murabbiyi deb topilmoqda.

Yilning eng yaxshi futbolchisi — Eldor Shomurodov

O‘zbekiston terma jamoasi sardori va «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. Eldor ushbu nufuzli sovrinni o‘z faoliyatida uchinchi bor (2019 va 2021-yillardan so‘ng) qo‘lga kiritib, barqarorlik ramzi ekanini yana bir bor isbotladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting