locale OZ

Oʻzbek futboli tarixida ilk marotaba ayol hakam bosh hakam sifatida faoliyat olib bormoqda

Mazkur bellashuv Superliga tarixida ilk bor ayol hakam ishtirokidagi oʻyin sifatida qayd etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbek futboli tarixida ilk marotaba ayol hakam bosh hakam sifatida faoliyat olib bormoqda
Фото: UzFHM

Oʻzbekiston Superligasining 30-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” – “Shoʻrtan” uchrashuvi Nasibabonu Toshmuhammedova boshchiligidagi ayol hakamlar brigadasi tomonidan boshqarilmoqda.

Mazkur bellashuv Superliga tarixida ilk bor ayol hakam ishtirokidagi oʻyin sifatida qayd etilib, milliy futbolimizda muhim voqea boʻlib qoladi.

Nasibabonu Toshmuhammedovaning ushbu uchrashuvni boshqarishi ayol hakamlarning professional bosqichga koʻtarilayotgani va ularning salohiyati yuksak baholanayotganidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, ushbu uchrashuv futbolda ayol hakamlarning oʻrni yil sayin mustahkamlanib borayotgani, ular katta musobaqalarda ham ishonch bilan mas’uliyatli vazifalarni bajarishga tayyor ekanini bildiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting